95003

O’ZBEKISTONDA HOKIMIYATLAR BO’LINISHI PRINSPINING AMAL QILISHI

Реферат

Политология и государственное регулирование

Siyosiy hokimyat mavzusi siyosatshunoslik fanida hal qiluvchi o’rinni egallaydi. Siyosiy hokimyat jamiyat ijtimoiy hayotining eng muhim elementidir. Bevosita uning vositasi orqali siyosiy tizim barcha elementlarining harakati amalga oshadi.

Другие языки

2015-09-19

84.5 KB

1 чел.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

Jahon siyosati va tarix fakulteti

REFERAT

O’ZBEKISTONDA HOKIMIYATLAR BO’LINISHI

PRINSPINING AMAL QILISHI

Bajardi: Arslonov Javohir

Jahon siyosati yo‘nalishi

 1-kurs talabasi

Toshkent - 2013
O’zbekistonda hokimyatlar bo’linishi prinsipining amal qilishi

Reja:

  1.  KIRISH.
  2.  ASOSIY QISM:

1) Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining shakillanishi

2) Hokimyatlar tarmoqlarining o’zaro muvozanatda ushlash tizimi

3) O’zbekiston Respublikasida davlat hokimyatchiligi

III. XULOSA.

IV). FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH

   Siyosiy hokimyat mavzusi siyosatshunoslik fanida hal qiluvchi o’rinni egallaydi. Siyosiy hokimyat jamiyat ijtimoiy hayotining eng muhim elementidir. Bevosita uning vositasi orqali siyosiy tizim barcha elementlarining harakati amalga oshadi.  Hozirgi kunda O’zbekiston huquqiy davlat qurish va fuqorolik jamiyatini shakillantirish yo’lidan qat’iy ketmoqda. Yurtboshimiz  I.A.Karimov takidlaganlaridek, «...mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi.»1.

 Huquqiy davlat qurish murakkab, keng qamrovli va ko’p qirrali jarayon bo’lib, rivojlangan davlatlardan tortib, endi rivojlanayotgan davlatlarning eng yangi tarixi buni ko’rsatib turibdi.

  Mustaqil davlatchiligimizni tashkil etishda, jahon davlatchiligi amalyotida sinalgan tamoyil – hokimyatlar bo’linishiga asoslanishi asosiy Qonunimizda mustahkamlab qo’yildi.

 Hokimyatlar bo’linishi tamoyili, hokimkyat organlarini tashkil etishning samarali mexanizimi sifatida o’zini ko’rsatib kelmoqda. O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan qonunlardan biri bo’lgan “Davlat mustaqilligi asoslari” to’g’risidagi qonunning 5-moddasidayoq hokimyatlar bo’linishi tamoyili mustahkamlangan edi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konsitutsiyamizning 11-moddasida bu tamoyil uzil-kesil konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlab qo’yildi. Ma’lumki hokimyatlar bo’linishi tamoyili, davlat hokimyatining samarali ishlashini ta’minlaydi. Bu tamoyilga ko’ra yaxit davlat hokimyati uch tarmoqqa ajratiladi va har bir tarmoq boshqasining faoliyatini nazorat etib turadi, shu tariqa hokimyat suiste’mol qilinishiga chek qo’yiladi.

  Hozirgi kunda davlatimizning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga qanchalik tez va soz erishishi, ko’p jihatdan uning davlat organlariga va ularning samarali faoliyatiga bog’liq.

Turon zaminida huquqqa asoslanib, faoliyat yuritadigan davlat haqidagi fikirlar asrlar davomida shakillanib, sayqallanib kelganligi ko’pchilikka ma’lum. Farobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk mutafakkirlar fozil insonlar yashaydigan, qonunga asoslangan adolatli jamiyat haqidagi teran fikirlarni ilgari surganlar.

  Davlat hokimyatini tashkil etishda, hokimyatlar bo’linishi prinsipi hozirgi kunda hokimyat tarmoqlari ishini samarali tashkil etishining sinalgan bir mexanizimi sifatida amal qilib kelmoqda.


Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining shakillanishi tarixi

Kishilik jamiyati shakillangandan boshlab, odamlar o’z turmushini, hayotini yanada yahshi tashkil etish haqida bosh qotirib kelganlar, adolatli jamiyat, oqilona tartiblar bo’lishi haqida orzu qilganlar.

  Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida ijtimoiy omillar va rivojlanish natijasida, davlat va huquq paydo bo’lgan. Bu vaqtdan etiboran kishilarning jamiyat haqidagi fikirlari adolatli davlat, xalqparvar hukumdor, oqilona qarorlar mavjud bo’lgan jamiyat bilan bog’liq bo’lgan.

  Davlat hokimyati va davlatli jamiyat sharoitida yashagan odamlar asta-sekin davlat hokimyatining kuchi, uning jamiyatda, insonlar hayotida tutadigan o’rni haqida fikir yuritadilar va davlat hokimyatining bir hukmdor, yoki bironta organ qo’lida butkil to’planib qolishi jamiyat taraqqiyoti, aholi farovonligi uchun havfli ekanligini, bu holat ko’pincha hokimyatning suiste’mol qilinishiga olib kelishini chuqur anglab yetganlar.

 An’anaviy tarzda hokimyatlar bo’linishi g’oyasining zamini sifatida Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim qayd etiladi. Platon, Arastu va boshqa antik davr mutafakkirlari o’zlari yshab turgan davlat tuzilmalari siyosiy tuzulishi va boshqaruv shakillarini har tomonlama tahlil etish asosida muayyan nazariy, amaliy xulosalarni shakillantirganlar va shu asnosida, keyinchalik G’arbda ma’rifatparvarlik davrida hokimyatlar bo’linishi prinsipi shakillangan, degan fikrlar ilmiy adabiyotda keng tarqalgan.

 Biroq, ilmiy adabiyotda hokimyatlar bo’linishi g’oyasining Bibliyada, Konfutsiy ta’limotida ham mavjudligi haqida fikrlar ilgari surilgan va surilmoqda. Petr Barenboymning "3000 лeт дoктрини рaздeлeния влaстeй. Суд Сютeрa" (М.:1966) nomli asarida sudning mustaqilligi prinsipi Bibliyada ifodalanganligi bayon qilingan. Shuningdek, Konfutsiyning “Lun yuya” (mulohazalar va suhbatlar) nomli mashhur asarida hokimyatlar bo’linishi g’oyasi va “bir-birini tiyib turish” tizimi mexanizimi mavjudligi "Lun yuya” (mulohazalar va suhbatlar) nomli mashhur asarida hokimyatlar bo’linishi g’oyasi va “bir-birini tiyib turish” tizimi mexanizimi mavjudligi asoslanadi"2.

  Hokimyatlar bo’linishi g’oyasining dastlabki ildizlarini qadimgi yunon mutafakkiri Arastuning qarashlarida kuzatish mumkin. Arastu o’zining mashhur asarlaridan biri bo’lgan “Siyosat”da davlat tuzimi haqida fikr yuritib, uning uch unsuri (elementi) mavjudligini, ya’ni qonunchilik-maslahat organi, magistratura va sud organlarini qayd etadi.

  Shunday qilib, hozirgi kunda davlat hokimyatini tashkil etishning demokratik prinsipi sifatida e’tirof etiladigan hokimyatlar bo’linishining dastlabki ildizlari, kurtaklari va ilk amaliy tajribaviy urunishlari antik dunyo bag’rida shakillangan, deyishga asos bor.

  Hokimyatlar bo’linishi g’oyasi o’rta asrlarda yanada nazariy jihatdan rivojlantirilib, o’zining yangi sifat darajasiga ega bo’lgan. Hokimyatlar bo’linishi g’oyasining shakillanishida ingliz faylasufi Djon Lokkning (1632-1704) qarashlari katta ahamyatga molik. Uning siyosiy-huquqiy qarashlari, jumladan davlat boshqaruviga, hususan esa hokimyatlar bo’linishiga oid fikr va xulosalari uning 1690 yilda chop etilgan “Davlat boshqaruvi haqida ikki traktat” nomli asarida bayon etilgan.

  Lokkning fikricha, bir shaxs yoki bir guruh shaxslar tomonidan hokimiyatning egallab olinishining oldini olish maqsadida davlatning ommoviy-hokimiy vakolatlari bir-biridan aniq ravishda ajratilmog’i chegaralanmog’i kerak, shu bois bu vakolatlar davlat orginlari o’rtasida bo’linmog’i lozim.

  Qonunlar qabul qilish vakolati, albatta vakillik organiga – butun millat idorasini ifodalovchi organ – parlamentga berilishi kerak, demak, parlament qonun chiqaruvchi hokimiyat. Parlament tomonidan chiqarilgan qonunlarni hayotga tadbiq etish esa, ya’ni ijro hokimiyatini amalga oshirish esa monarxga, ministrlar kabinetiga, ya’ni hukumatga tegishli bo’ladi. Bu hokimiyat subekti ayni payitda, xorijiy davlatlar bilan bo’ladigan tashqi munosabatlarga ham mas’ul bo’lishadi.

  Ta’kidlash lozimki, Lokkning hokimiyatlar bo’linishi g’oyasiga kiritgan  yangiligi, faqatgina davlat o’rganlarini teng muvozanatda ushlab turish maqsadi bilan cheklanmagan, uning bu soxadagi fikrlari, mulohazalari ancha keng mazmunni tashkil etgan bo’lib, ular Lo’kkning  butun hokimiyatini qaysidir subekt tomonidan uzurpatsiya  qilinishiga va davlat hokimiyatidan  despotik tarzida  foydalanishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat hokimiyatining alohida qismlari o’rtasidagi aloqa va o’zaro harakatning pirinsiplarini belgilashida o’zining ifodasini topgan.

  Lokkning yagona davlat hokimyatining tarkibiy qismlari, ular o’rtasidagi munosabat, hokimiy vakolatlarning o’zaro bo’linishi, taqsimlanishi to’g’risidagi ilg’or fikrlari o’sha davr davlat – huquqiy qarashlariga ijobiy ta’sir ko’rsatib, konstitutsiyonalizim doktrinasining shakillanishiga ma’lum darajada asos ham bo’lgan. Masalan, 1789 yil 26 avgustda Fransiya Milliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Inson va fuqorolar huquqlari Deklaratsiyasi”3  “Huquqlardan foydalanish ta’minlanmagan va hokimyatlar bo’linishi amalga oshirilmagan jamiyatda konstitutsiya yo’qdir”, deb e’lon qilingan.

  O’rta asrlarda hokimyatlar bo’linishi g’oyasini nazariy jihatdan yanada boyitgan shaxs, Lokkdan keyingi faxrli o’rinni Monteske (1689-1775) egallaydi deyish mumkin.

  Buyuk fransuz yuristi, ma’rifatparvari Monteske o’zining davlat va huquqga oid qarashlarini “Fors xatlari”, “Qonunlar ruhi haqida” kabi asarlarida bayon etilgan.

  Hokimyatlar bo’linishiga doir Monteskening qarashlari asosida, uning despotiyaga nisbatan qat’iy nafrati, konstitutsiyaviy monarxiya va respublika boshqaruv shakliga nisbatan esa qat’iy xayrihohligi yotadi. Chunki uning fikricha, despotiya - bu o’zboshimchalik, qonunsizlik hukm surgan davlatdir. Garchi uning davlat boshqaruv shaklidagi ideali konstitutsiyaviy monarxiya bo’lsa-da, u respublika boshqaruv shaklini, xuddi monarxiyadek qonuniy deb bilgan.

  Montaeskening fikricha, fuqarolarning erkinligini ta’minlash va amalga oshirish uchun, to’ntarilishlarning oldini olish uchun qonunlarga qat’iy rioya etish kerak. Bu maqsadga esa hokimyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatiga bo’linishi orqali erishish mumkin.

  Siyosiy erkinlik munosabatlarining birinchi aspekti bu hokimyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatlariga bo’linishining konstitutsiyaviy-qonuniy mustahkamlanishida ifodalaniladi va u fuqorolik huquq va erkinliklarining, shaxs xavfsizligini ta’minlashning zaruriy vositasi sifatida namoyon bo’ladi4.

 Bu borada Jan Jak Russoni ham e’tiborga molik fikirlarini eslab o’tishimiz lozim. Uning fikricha, fuqorolik jamiyati hususiy mulk paydo bo’lishi bilan paydo bo’ladi. Russo hokimyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi (hukumat) hokimyatga bo’linishini e’tirof etib, birinchisi siyosiy organizmning irodasi hisoblanadi, ikkinchisi esa uning kuchi sifatida namoyon bo’ladi, deb tushuntiradi. Shunday qilib, XVII- XVIII asrda hokimyatlar bo’linishi to’g’risidagi g’oyalar rivojlantirilib, yaxlit, tugallangan bir ta’limot sifatida shakllangan va o’sha davr siyosiy-huquqiy fikrlariga hamda davlatchilik amaliyotiga ijobiy ta’sir eta boshlagan.

Hokimyatlar tarmoqlarining o’zaro muvozanatda ushlash tizimi

Hokimyatlar bo’linishi konsepsiyasining mag’zini “bir-birini tiyib turish va muvozanatda ushlash” tizimi tashkil etadi.

Ma’lumki umuman hokimyatlar bo’linishi  nazariyasi davlat hokimyatining bir organ yoki bir shaxs – hokimyat subyekti tomonidan suiste’mol qilinishining oldini olish maqasadida ijtimoiy zarurat sifatida shakillangan.

Bu nazariyaga ko’ra, davlat hokimyati manbasiga ko’ra yagonadir, ya’ni hokimyat manbai – xalqning o’zidir. Biroq biron-bir hokimyat subyektining diktaturasi o’rnatilmasligi, qo’lida butun hokimyat to’planib qolmasligi uchun, hokimyatlar tashkiliy va institutsiyaviy jihatdan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatlariga bo’linadi. Bu hokimyat tarmoqlari mustaqil bo’lib, har biri o’zining vakolati doirasida harakat qiladi.

Biroq bu uch hokimyat tarmog’i ichidan birontasining boshqalaridan yuqori bo’lib olmasliklari, ularning vakolatlarini o’zlashtirmasliklari, o’rnini bosishga intilmasliklari uchun, “bir-birini tiyib turish va o’zaro muozanatda ushlash” tizimi amal qilishi kerak.

Shu munosabat bilan, bu tizimning shakllanishi, uning konsitutsiyaviy mustahkamlanishi hamda davlat hokimyatini tashkil etishda qo’llanishi tadrijiy jarayonini qamrab chiqish ilmiy-nazariy ahamyatga egadir.

Monteskeninig o’rinli ta’kidlashicha, “hokimyatni suiste’mol qilishning imkoni bo’lmasligi uchun, shunday tartib o’rnatish kerakki, toki bunday turli hokimyat tarmoqlari o’zaro bir-birini tiyib tura olsin”.

Monteskening hokimyatlar bo’linishi nazariyasi tahlildan, V.A.Chetverninig fikricha, shu narsa kelib chiqadiki, hokimyatlar bo’linishi uch aspekda yoki uch darajada amal qiladi:

  1.   Hokimyatlarning funksional bo’linishi;
  2.   Hokimyatlarning institutsional bo’linishi;
  3.   Hokimyatlarning personal (shaxsiy) bo’linishi12.

  Hokimyatlarning funksional bo’linishi haqida gap ketganda, eng muhim masala – ya’ni jamiyatda erkinlikni ta’minlash davlat majburlovini qo’llash haqidagi qarorni qabul qilish funksiyasi bilan uni amalga oshirish vazifasini bir-biridan ajratish kerak. Shundan kelib chiqqan holda, qonun chiqaruvchi hokimyat majburlov kuchi ishlatish tartib-qoidasini o’rnatadi, sud hokimyati majburlov qo’llashiga yo’l beradi yoki konkret majburlov chorasini tayinlaydi. Demak, bu ikki hokimyat tarmog’i qo’lida majburlov kuchi, aynan to’planmasligi kerak, bular davlat majburlovini amalga oshirmasliklari kerak.

  Yoki aksincha, ijro hokimyati qo’lida majburlov kuchi to’plangan, shu bois unda majburlov ishlatish haqida qaror chiqarish, yoki majburlovning biron-bir turini tayinlash kabi huquqlar bo’lmasligi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ijro hokimyati sud qarori va uning doirasida, qonunlarga rioya etgan holda davlat majburlovini amalga oshirishi kerak.

  Hokimyatlarning institutsional bo’linishi haqida so’z yuritishda, eng avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, qonunchilik, ijro va sud hokimyatini amalga oshirish bir shaxs yoki bir idora qo’lida to’planmasligi kerak. Yuqorida qayd etganimizdek, hokimyatlarning bo’linishi, davlat majburlovini qo’llash haqida qaror chiqarish huquqi bilan uni davlat majburloviga ega bo’lgan idoralarni bir-biridan ajratish kerak. Boshqacha qilib aytganda, davlat majburloviga ega idora bu majburlovni qo’llash huquqi bo’lmasligi, davlat majburlovini qo’llash huquqi bor idorada emas, bevosita davlat majburlovi jamlanmasligi kerak.

  Shu ma’noda, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyatni bo’linishi shuni anglatadiki, birinchidan, ijro hokimyati orgonlari dastlabki huquq yaratish fa’oliyati bilan shug’ullanmasliklari, qonun kuchiga ega bo’lgan normativ aktlar qabul qilmasliklari kerak.

  Hokimyatlar bo’linishi nazariyasining amaliy ifodasiga misol tariqasida AQSHni ko’rsatish mumkin. 1787 yilgi AQSH Konstitutsiyasi respublikaning davlat o’rgonlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlari va o’zaro munosabatlari asosiga hokimyatlar bo’linishi prinsipini qo’yishgan.

    AQSH davlat hokimyati tizimidagi “bir-birini tiyib turish va o’zaro muvozanatni ta’minlash” mehanizmining ahamyati nafaqat hokimyat tarmoqlaridan birontasining boshqasining vakolatini egallab olishi mumkinligi havfining oldini olishga qaratilganidagina bo’lmay, balki davlat hokimyatining barqarorligi va muntazam amal qilishini ham ta’minlashidadur.

  Bugungi kunda eng rivojlangan demokratik davlatlarning davlatchiligi aynan mana shu tizim va yo’nalish asosida qurilmoqda, chunki bu boshqaruvni eng ishonchli va sinovdan samarali o’tgan turi hisoblanadi. Tabiiyki bu narsa hokimyat organlarining ish samaradorligini oshirib, ishlash fa’oliyatini yanada osonlashtiradi. Aynan shuning uchun O’zbekiston ham xuddi shu prinsipga asoslangan hokimyatlar tizimini o’zida joriy qildi va bu narsa o’zini samarali jihatlarini ko’rsatib kelmoqda.


O’zbekiston Respublikasida davlat hokimyatchiligi

Ma’lumki, hozirgi kunda deyarli barcha demokratik taraqqiyot yo’nalishini tanlagan davlatlar konstitutsiyalarida hokimyatlar bo’linishi prinsipi u yoki bu tarzda mustahkamlangan. Bu xususiyat sobiq sotsialistik makonda tashkil topgan davlatlarga, xususan MDH davlatlariga ham xos, albatta.

  Xalqaro hamjamiyatning munosib a’zosi bo’lgan O’zbekiston ham o’zining oliy maqsadi – huquqiy davlat qurish va fuqorolik jamiyatini shakllantirish ekanligini butun jahonga e’lon etib, hozirgi kunda ushbu maqsad sari intilmoqda. Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biri bo’lgan hokimyatlar bo’linishi prinsipi (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan. Asosiy qonunninig 11 moddasida “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimyatining tizimi – hokimyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatiga bo’linish prinsipiga asoslanadi”, deb belgilangan.

  Aytish joizki, hokimyatlar bo’linish nazariyasining bosh qoidalarining uzul-kesil hayotga tadbiq etishi, ularning shakllanishi, har bir jamiyatda huquqiy davlat va fuqorolik jamiyatining shakllanishi darajasi bilan bog’liq ekanligi. Shu bois hokimyatlar bo’linishi prinsipining to’la amalga oshishi muayyan vaqatni talab etadi.

  Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz tariximizning o’sha tub burilish nuqtasida, g’oyat xatarli va murakkab kunlarda haqiqatdan ham yakkayu-yagona to’g’ri yo’lni tanladik. Ya’ni, mustabit tuzum, o’ta mafkuralashgan, milliy o’zligimizni toptagan eski tuzimdan voz kechib, xalqimizning xohish-irodasi, azmu-qarorini bajo keltirib, ochiq demokratik va huquqiy davlat qurish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakillantirish yo’lini tanladik”16.

   Hozirgi kunda, O’zbekistonda yangi jamiyat qurishning huquqiy bazasi, asosi mavjud. Bu huquqiy asosni hayotga tadbiq etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi ham mavjud. Asosiy masala – yangi jamiyat asoslarini qadamba-qadam qurish va shakllantirishdan iboratdir.

  Demokratik tamoyillarni “so’zda yoki qog’ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish” huquqiy davlat asoslarini shakllantirishning yo’nalishlaridan biridir. Demokratik tamoyillardan bo’lgan hokimyatlar bo’linishi prinsipi va undagi “bir-birini tiyib turish va o’zaro muvozanatda ushlash” tizimi ham tobora amaliy va hayotiy mazmun kasb etib bormoqda, biroq bu jarayonni ham yangi sifat darajasiga ko’tarish lozim. Bu masala yuzasidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.


  

XULOSA

Ta’kidlash joizki, istiqlolga erishganimizdan so’ng davlatimiz oldida turgan, kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri – bu yangi davlat organlari tizimini shakillantirish edi. Zero, yangi jamiyat qurish vazifasini eski davlat organlari yordamida amalga oshirib bo’lmasligi aniq va ravshan edi.

 Mustaqilligimizni mustahkamlaydigan, yangi jamiyat qurish manfaatlariga xizmat qiladigan, inson va fuqorolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan organlar tizimi barpo etildi va ularning keng faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratildi.

  Davlat hokimyati organlari tizimining hokimyatlar bo’linishiga asoslanishi, bu prinsipni hayotga real singdirilishi yuzasidan olib borilayotgan islohotlar davlat mexanizmining demokratik mohiyatidan dalolatdir.

  Sud hokimyatini hokimyatning mustaqil, teng bir tarmog’iga aylantirish borasida olib borilayotgan va rejalashtirilayotgan islohot va o’zgarishlarning, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarning salmog’i jamiyatimizning huquqiy davlatchilik sari qat’iy ketayotganligini ko’rsatib turibdi.

  Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Hokimyatning uchinchi tarmog’i bo’lmish sud tizimini mustahkamlash, sudlarning mustaqilligini, ularning faqat qonunga bo’ysunishini kuchaytirish borasida mohiyat-e’tiborga ko’ra mutlaqo yangi qadam qo’yildi desak, mubolag’a bo’lmaydi”.

  Bu o’zgarishlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad shuki, biz odamlarning sudlarga faqat jazovlovchi idora emas, balki avvalo insonning haq-huquqlarini himoya qiluvchi idora deb qarashiga erishmog’imiz lozim. Shundagina ko’zlangan maqsadlarimizga og’ishmay erishishimiz mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

I. Rahbariy adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T, «O’zbekiston », 2012.

2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent, «O’zbekiston», 1998.

3. Karimov I.A Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. Toshkent, 1996.

4. Axmedova M.A Davlat mexanizmi va hokimyatlar bo’linishi. TDYI, 2005.

5. Saidov A, Tojixonov U. Davlad va huquq nazariyasi. IIVA, Toshkent, «Adolat», 2001.

6. Saidov A, Tojixonov U, Odilqoriyev X. «Davlat va huquq asoslari». IIVA Toshkent, «Sharq» nashryoti, 2002.

II. Qo’shimcha adabiyotlar:

1. Ильин И. Огрядувдей России. М.: Телекс, 1993.

2. Н.Марченко. Разделение властей в государсвенном механизме. М.: 1998.

3. Yuridik atamalar qomusiy lug’ati. Mualliflar jamosi TDYI, Sharq nashiryoti, 2003.

1 Karimov I.A. «Bizning bosh maqsadimiz  –  jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatimizni moderinizatsiya va isloh etishdir».O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvarkuni bo’lgan qo’shma majlisida qilgan ma’ruzasi.T., «Sharq».. 2005. 34 –b.

2  Государство и право. 1997. №3, - Ст 122- 126.

3 Государство и право. 1997. №3, - Ст 20.

4 Государство и право.М:Норма. 1999.  Ст 66.

12  Проблеми государства и права. М,: Юристь, 2004. Ст 576- 577.

16 Karimov.I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqirlashtirish va fuqorolik jamiyatiniasoslarini shakillantirishning asosiy yo’nalishlari. T,: 2002. «O’zbekiston». 6b.


 

А также другие работы, которые могут Вас заинтересовать

21159. Транзисторы сегодня и завтра 519.5 KB
  Принцип работы транзистора Традиционной планарный транзистор представляет собой крохотную кремневую пластинку обогащенную примесью ртипа и называемую подложкой. Такое состояние транзистора условно называют открытым. Однако прогресс стремителен и современные транзисторы вполне уверенно выдерживают частоты в 263 ТГц За счет чего были достигнуты столь впечатляющие улучшения Чтобы ответить на этот вопрос давайте сначала рассмотрим основные недостатки обычного планарного транзистора. 1 Фотография транзистора предназначенного для...
21162. ОБЛІК ВЛАСНОГО КАПІТАЛУ І РОЗПОДІЛУ ПРИБУТКУ В КОРПОРАЦІЯХ 128 KB
  Суть та порядок створення корпорацій. Облік організаційних витрат та їх амортизації. Капітал корпорації. Характеристика акцій, їх оцінка. Облік випуску (продажу) простих (звичайних) та привілейованих акцій. Облік викупу власних акцій.
21163. Чипы памяти. Проектирование модулей памяти 43.5 KB
  Поскольку частота синхронизации внешних и внутренних цепей любого совершенствующегося DRAMинтерфейса постоянно увеличивается особое внимание должно уделяться целостности цифрового сигнала: его логическим уровням фоновым шумам шумам коммутации терминированию топологии сигнальных трасс рассеиваемой мощности терморегуляции и уменьшению влияния ЭМИ. Электромагнитная интерференция Высокие частоты критические условия большие значения силы тока прохождение и ветвление сигнальных трасс все это способствует возникновению самого опасного...
21164. ЭКОЛОГИЯ ПРОИЗВОДСТВА СВТ 299.5 KB
  Вредные вещества в помещении находятся в виде пыли тонкодисперсного тумана паров и газов. Обработка на станках сопровождается выделением пыли стружки туманов масел и эмульсий которые через вентиляционную систему выбрасываются из помещений. Количество выделяющейся пыли зависит от размеров и твердости обрабатываемого материала. При обработке текстолита выделение пыли составляет от 20 г ч до 120 г ч на единицу оборудования; стеклоткани от 9 г ч до 20 г ч; органического стекла от 800 г ч до 950 г ч.
21166. Общие понятия эксплуатации. Техническое обслуживание СВТ 49.5 KB
  Техническое обслуживание СВТ Эксплуатация ЭВМ заключается в использовании машины для выполнения всего комплексах возложенных на нее задач. Для эффективного использования и поддержания ЭВМ в работоспособном состоянии в процессе эксплуатации производится техническое обслуживание ТО. ТО – это комплекс организационных мероприятий предназначенных для эксплуатации и ремонта ЭВМ. Существует 3 вида ТО: индивидуальный; групповой; централизованный; При индивидуальном ТО обеспечивается обслуживание одной машины силами и средствами персонала...
21167. ЭЛЕКТРИЧЕСКИЕ СОЕДИНЕНИЯ В КОНСТРУКЦИЯХ СВТ 609 KB
  В зависимости от конструктивных особенностей обратного провода ЛП подразделяют на симметричные состоящие из двух одинаковых изолированных проводов несимметричные с одним общим проводом для многих ЛП и коаксиальные с обратным проводом по оплетке коаксиального кабеля. В поперечном сечении провода бывают круглыми или прямоугольными пленочные и печатные проводники прямоугольными. Провода защищаются изолирующими диэлектрическими оболочками а при необходимости экранами. Линии электропитания представляют собой объемные провода пленочные и...